Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi hamda Registon NMTT hamkorligida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tinglovchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar Z. Haqberdiyeva va Registon NMTT direktori Mutabar Parmonqulova tomonidan tashkil etilib, unda “Pedagogning muloqot madaniyati va o‘zaro ijobiy munosabatlarini rivojlantirish” hamda “Vaqtni boshqarish (taym-menejment)” mavzulari yoritildi.
Seminar davomida tinglovchilarga pedagogik muloqot madaniyatini takomillashtirish, hamkasblar va ota-onalar bilan samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, vaqtni oqilona rejalashtirish hamda kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: