HAMKORLIK MEMORANDUMI — TA’LIM SIFATI VA KASBIY RIVOJLANISH YO‘LIDA MUHIM QADAM

13 Oktyabr, 2026 8

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi hamda "Registon" xususiy maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Maqsad — tajriba va hamkorlik orqali ta’lim sifatini yuksaltirish, pedagoglar salohiyatini rivojlantirish hamda yosh avlod uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish!

📌 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Powered by GSpeech