HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM

15 Iyun, 2026 10

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi vakillari ishtirokida hamkorlik memorandumi almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki hudud pedagogik mahorat markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatdilar hamda o‘zaro tajriba almashdilar.

Mazkur hamkorlik ikki hudud pedagoglari o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech