HASHAR - MANGU QADRIYATDIR!

14 Mart, 2026 6

Bugun mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo’lib oʻtmoqda.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham ushbu hayriya hashariga faol ishtirok etib, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Jumladan, Hududiy markaz hovlisi tozalanib, gul ko‘chatlari ekilmoqda.

Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov bilan birgalikda jamoa az’olari tomonidan daraxtlar va beton to‘siqlar oqlanmoqda.

 Ajratilgan yer maydonlari tozalandi, ekinlar sug'orilib, daraxtlar osti begona o'tlardan tozalandi. Hashar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech