Yurtimizda “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
Bahorning fayzli kunlarida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham ushbu ezgu tashabbusga faol qo‘shilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. Markaz hududi tozalanib, daraxt va gul ko‘chatlari ekildi.
Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov jamoa a’zolari bilan birgalikda daraxt ko‘chatlarini ekib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.
Shuningdek, markazning o‘quv xonalarida ham tozalash ishlari olib borilib, sinfxonalar tartibga keltirildi.
Daraxtlar oqlanib, beton to‘siqlar tartibga keltirildi. Ajratilgan yer maydonlari tozalanib, ekinlar sug‘orildi hamda daraxtlar atrofi begona o‘tlardan tozalandi.
Bahoriy kayfiyatdagi hashar ishlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: