Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 4ta xususiy sherikchilik asosida oshxonalar faoliyat olib borishmoqda.
Bugun viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov rahbarligida jamoat nazorati a'zolari, tinglovchilarning sog‘lom ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni, oshxonalarda xavfsizlik choralari, vitaminlarga boy, mazali taomlarni tayyorlanish holati, taomnoma narxlarini o'rganishdi.
Ovqatlanish jarayoni gigiyena qoidalari va sanitariya me’yorlariga to‘liq mos ravishda tashkil etilganligini tekshirishdi.
- Hududiy markazda istalgan mahsulotni sotish mumkin emas. Maxsus ro‘yxat bor – sanitariya va gigiyena qoidalariga mos taomlargina taqdim etilishi lozim, deydi Hududiy markaz rahbari A.Sobirov.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: