Hududlarda mobil malaka oshirish xizmatlari davom etmoqda...

14 Mart, 2026 10

Bugun Ishtixon tumanidagi "Xalqobod' " mahallasidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga “Aqlvoy” avtobusida mobil malaka oshirish xizmatlari amalga oshirildi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha taʼlimni muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan "Goʻzal bahor" mavzusida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun dars mashgʻulotlari tashkil etildi. Unda bolalarga noanʼanaviy tarzda rasm chizish usullari: klyasyografiya, ip yordamida rasm chizish,sham yordamida rasm chizish va boshqa usullarni qoʻllash boʻyicha metodik tavsiyalar berildi.

Mazkur tashabbus tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni yangi metodik yondashuvlar bilan tanishtirish hamda maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.

 

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech