Sizlarni 27-iyun — O‘zbekiston Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatimizda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamiyat hayotidagi muhim voqea-hodisalarni tezkor va xolis yoritish, aholi bilan davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarishda sizlarning mehnatingiz beqiyosdir.
Ayniqsa, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, pedagoglarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ahamiyati katta.
Fursatdan foydalanib, ushbu sharafli kasb egalari bo‘lgan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ijodiy parvoz, yangi-yangi yutuqlar va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz ta’sirchan, ijodingiz sermahsul bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Anvar Sobirov
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori.