Özbekiston Respublikasining şa’nu şavkati, tarixiy merosi va kelajakka bölgan işonçimizni ifodalovçi muqaddas Davlat bayroği alohida örin tutadi. Har yili 18-noyabr – Özbekiston Davlat bayroği kunini yurtimiz böylab keng nişonlaş yuragimizda ğurur va iftixor tuyğusini yana bir bor jöş urdiradi.
Sizlarni 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etaman!
Davlat bayroğimiz — milliy ğururimiz, birlik va ozodligimiz ramzi. U xalqaro maydonlarda yurtimiz şa’ni va şon-şuhratini namoyon etib, qalbimizda faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi.
Aziz ustozlar! Yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va davlat ramzlariga ehtirom tuyğularini şakllantirişdek şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayroğimiz hamişa baland hilpirab, yurtimiz tinç va osmonimiz musaffo bölsin!
Hurmat bilan,
Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori.