Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida direktor o‘rinbosari Sarvar Murodov tomonidan Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ijro intizomi masalalari, Metodika bo‘limi metodistlarining 2026-yil yanvar–fevral oylarida amalga oshirgan ishlari yuzasidan qisqacha tahlil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, KRK va KRS tadbirlarining hududlardagi monitoring natijalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ish rejalari ijrosi hamda oylik hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: