Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tinglovchilar ishtirokida tonggi tadbir tashkil etildi.
Ertalabki tadbir ishtirokchilarga yangi kunni ko‘tarinki ruh, ezgu niyat va yaxshi kayfiyat bilan boshlash imkonini berdi. Tadbir davomida samimiy muloqotlar, qiziqarli mashg‘ulotlar hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi jarayonlar tashkil etildi.
Bunday tadbirlar tinglovchilarning kun davomida faol va ijobiy ruhda bo‘lishi, jamoaviy muhitni mustahkamlash hamda o‘quv jarayoniga yanada yuqori ishtiyoq bilan kirishishiga xizmat qiladi.
Tonggi tadbirdan fotolar.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi axborot xizmati.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: