ILMIY IZLANISH SARI ILK QADAM

21 Yanvar, 2026 40

Samarqand shahar 94-son tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida MTT direktor o‘rinbosarlari uchun “Metodik materiallarni nashrga tayyorlash va ommalashtirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Jabbarova Munira tomonidan zamonaviy metodik mahsulotlarni tayyorlash, ularni rasmiylashtirish hamda ommalashtirish masalalari atroflicha yoritib berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga metodik materiallarni tayyorlashda ilmiylik, tizimlilik, amaliy yo‘naltirilganlik va pedagogik talablarga muvofiqlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, metodik ishlanmalarni nashrga tayyorlash bosqichlari, ularni ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va keng jamoatchilikka yetkazish mexanizmlari bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etildi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘linib, mavjud metodik ishlanmalarni tahlil qildilar hamda o‘zaro tajriba almashdilar.

Powered by GSpeech