ILMIY KENGASHDA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

7 Sentyabr, 2026 6

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida direktor Anvar Sobirov raisligida navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan markazdagi kafedralar faoliyati, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili o‘rin oldi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan axborotlar taqdim etilib, mavjud vazifalar va ularni samarali hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan
tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech