Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎓 Tadbirda markaz direktori o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov kurs davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdi.
👩🏫 Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlari davomida yaratilgan loyiha ishlari orasida “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI” nominatsiyasi g‘oliblari hamda “KELAJAK O‘QITUVCHISI” tanlovida yuqori natijalarni qayd etgan faol o‘qituvchilar ham munosib taqdirlandilar.
✨ Ayniqsa, tadbirda musiqa guruhi tinglovchilarining sarhisob konsert dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Samarqand shahridagi 14-maktab oʻquvchilari ijrosidagi raqslar guldastasi tadbir ishtirokchilariga zavq va shavq bagʻishladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: