“Ilk qadam” dasturi – ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam!

22 Aprel, 2026 8

Maktabgacha ta’lim tizimida sifatni yanada oshirish va zamonaviy yondashuvlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini keng joriy etishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kursining 2-bosqichi (1-guruh) muvaffaqiyatli yakunlandi.

👩‍🏫 O‘quv jarayonlarini milliy konsultant Mahmudova Dilyafruz Timurovna, milliy trener Jamilova Jamila hamda trenerlar Nuritdinova Nilufar va Haqberdiyeva Zamira olib bordi.

Seminar davomida ishtirokchilarga:
🔹 “Ilk qadam” dasturining mazmun-mohiyati
🔹 Bolalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
🔹 Interfaol metodlar
🔹 Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
🔹 Baholash mexanizmlari
bo‘yicha chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berildi.

🎓 Seminar yakunida 28 nafar direktor o‘rinbosari sertifikat bilan taqdirlandi.
🔄 Ushbu o‘quv kursi kaskad usulida tashkil etilayotgani bilan ahamiyatlidir. Tayyorlangan mentor-trenerlar 3-bosqichda hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun seminarlar o‘tkazadi. Bu esa dasturni qisqa muddatda keng joriy etish imkonini beradi.

📅 Seminarlarning 3-bosqichi joriy yilning 1–30 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔵Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech