Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov raisligida navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
📚Yigʻilish kun tartibiga muvofiq markaz bo‘lim va kafedralarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisobotlari ko‘rib chiqildi.
✔️Unda kafedra mudirlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olti oylik faoliyat natijalari, shaxsiy ish rejalari ijrosi hamda KPI ko‘rsatkichlarining bajarilish holati to‘g‘risida axborot berdilar.
🖇Shuningdek, bo‘limlarning olti oylik hisobotlari yo‘nalishlar kesimida direktor o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etilib, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.
⚡️Yig‘ilish yakunida hisobotlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: