Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tinglovchilar o‘rtasida “Iste’dodliman, ijodkorman, ustozman” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Tanlov “Iste’dodim bilan yuksalaman, ijodim bilan ilhom ulashaman, ustozligim bilan kelajakni tarbiyalayman!” shiori ostida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ishtirokchilar o‘z mahorat va iste’dodlarini uchta shart asosida namoyish etdilar:
🔹 Tanishtiruv;
🔹 Milliy urf-odat va qadriyatlar jilosi;
🔹 Erkin mavzu.
Bellashuv davomida tinglovchilar ijodiy chiqishlari, sahna madaniyati, milliy qadriyatlarga hurmati hamda pedagogik salohiyatlarini namoyon etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar.
Mazkur tanlov tinglovchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va ustozlik kasbining nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: