Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Bugungi kunda internet va axborot texnologiyalari hayotimizni yengillashtirayotgan bo‘lsa-da, ayrim xavf-xatarlarni ham yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, yoshlarning onlayn makondagi zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish ehtimoli ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi Shohruh Jumayev hamda viloyat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Boymurodov ishtirok etib, “Diniy ekstremizm va terrorizm — jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida ma’ruza qildilar.
Mutaxassislar yoshlar internet tarmoqlaridagi shubhali havolalar va zararli saytlar orqali bilmagan holda noto‘g‘ri yo‘nalishlarga kirib qolish xavfi mavjudligini ta’kidlab, bu borada ogohlikni oshirish muhimligini qayd etdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar bilan fikr almashinuvi hamda savol-javoblar o‘tkazildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: