Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

11 Iyun, 2026 6

2026-yil 9-iyun kuni Samarqand viloyatida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va VM-823-sonli qaror talablari” mavzusida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, VM-823-sonli qaror talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish hamda nutq madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy talablar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va adabiy tilning pedagog faoliyatidagi o‘rni yuzasidan ma’ruzalar taqdim etildi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro tajriba almashdilar.

✅ Bunday seminarlar pedagoglarning malakasini muntazam oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech