Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish hamda o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.
Tadbir davomida metodistlar T.Zaynizoda, U.Norqulov va G.Norboyevalar tomonidan mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilinib, kasbiy rivojlanish, ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or metodik yondashuvlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, markazga yangi ishga qabul qilingan xodimlar jamoaga tanishtirildi. Bu esa jamoada hamjihatlikni mustahkamlash va yangi hamkasblarning faoliyatiga muvaffaqiyat tilashga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: