KITOB O‘QISH SOATI: G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

8 Sentyabr, 2026 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xodimlar va tinglovchilarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘qilgan badiiy asarlar yuzasidan test sinovlari o‘tkazilib, bilim va faolligi bilan yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar aniqlandi.

Test sinovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Bunday tadbirlar kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech