Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi uchun mas’ul Xasan Bekmirzayev hamda direktor o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov ma’ruza qilib, korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halollik tamoyillari asosida bajarish masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbir davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ta’lim tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina mas’ul xodimlarning emas, balki har bir jamoa a’zosining muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: