Kasbiy rivojlanish kuni: Ingliz tili kurslariga start berildi

17 Fevral, 2026 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish kuni doirasida ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi.

Mazkur kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — pedagoglarning xorijiy til kompetensiyalarini oshirish, zamonaviy ta’lim resurslaridan samarali foydalanish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:

 kundalik va kasbiy muloqot uchun zarur bo‘lgan til ko‘nikmalarini rivojlantiradi;

 ta’lim jarayonida ingliz tilidagi manbalar bilan ishlashni o‘rganadi;

 interaktiv va amaliy metodlar asosida bilimlarini mustahkamlaydi.

Kurslar pedagoglarning o‘z ustida ishlashi, kasbiy salohiyatini oshirishi va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

 Kasbiy rivojlanish — sifatli ta’lim garovi!

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech