Kasbiy rivojlanish kuni doirasida mazmunli uchrashuv

21 Noyabr, 2025 21

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 21-noyabr kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov ochib berib, pedagoglarning kasbiy o‘sishidagi bunday jarayonlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Tadbir davomida ikki ma’ruza tinglandi:

Taxmina Zaynizoda, biologiya fani metodisti —
“Axborot asrida insoniylikni asrash, raqamli madaniyat va bola himoyasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Shirin G‘iyosova, boshlang‘ich ta’lim metodisti —
“PIRLS dasturiga asosan o‘qib tushunish va matnni tanqidiy tahlil qilish” bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etdi.

Tadbir pedagoglarning metodik salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech