Kasbiy rivojlanish kuni yuqori saviyada o‘tkazildi

16 Aprel, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar ishtirokida navbatdagi kasbiy rivojlanish kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori o‘rinbosari Sarvar Murodov olib bordi.

Unda dotsent Anvar Samyayev tomonidan "Global iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari" mavzusida dolzarb va mazmunli ma’ruza taqdim etildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar Sheroz Aliyev hamda Mohira Kuvondiqova tomonidan yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 Tadbir davomida zamonaviy ta’lim, ekologik muammolar va pedagoglarning kasbiy rivoji yuzasidan muhim fikrlar almashildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech