Kasbiy rivojlanish kuni: zamonaviy ta’lim va innovatsion yondashuvlar muhokama qilinmoqda

19 Iyun, 2026 10

Ayni paytda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar ishtirokida Kasbiy rivojlanish kuni tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

📚Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish hamda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

✔️Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni, ta’lim sifati monitoringi va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid mavzularda ma’ruzalar tinglanmoqda.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech