Kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun yakuniy test nazorati sinovlari o'tkazildi

17 Iyul, 2026 26

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etilgan kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun yakuniy test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

⭐️Tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, tinglovchilarga yakuniy sinovlarda muvaffaqiyat tiladi hamda egallangan bilim va ko‘nikmalarni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash muhimligini ta'kidladi.

📊 Yakuniy test sinovlarida jami 180 nafar tinglovchidan 173 nafari ishtirok etdi. Sinovlar 7 ta fan bo‘yicha belgilangan tartib va mezonlar asosida shaffof hamda xolis tarzda tashkil etildi.

✅ Yakuniy sinovlar tinglovchilarning kurs davomida egallagan nazariy bilimlari va kasbiy kompetensiyalarini baholashga xizmat qildi.

✏️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech