Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 17-maktabda viloyat seminari tashkil etildi.
Seminar davomida tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalari va kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarni kafedra mudiri Dilafruz Sayipova ochib berib, bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tillarni o‘qitishning zamonaviy metodlari bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, amaliy treninglar tashkil etildi.
Seminar ishtirokchilari hamda maktab rahbariyati tadbir mazmunan boy va foydali bo‘lganini ta’kidlab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, bunday seminar-treninglarning muntazam davom etishini istashlarini qayd etdilar.
🎤Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi mabuot xizmati.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: