Kitob — bilim va ma’naviyat manbai

1 Iyun, 2026 4

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xodimlar o‘rtasida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

Tadbir davomida markaz professor-oʻqituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘qilgan asarlar yuzasidan test-savollar o‘tkazildi. Ishtirokchilar savollarga faol javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan g‘oliblarga pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

📖 Mazkur tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib etish, xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Powered by GSpeech