Kitob mutolaasi – ma'naviy yuksalish va intellektual taraqqiyot garovi

30 Iyun, 2026 3

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida xodimlar o‘rtasida “Kitob o‘qish soati” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mutolaa qilgan asarlar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, test savollariga faol javob berdilar. Kitobxonlikni targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

📚Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan ishtirokchilar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov tomonidan pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

📖 Kitob – bilim manbai, mutolaa esa tafakkur va muvaffaqiyat sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘ldir. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar jamoada kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech