“Klass!” (“Zo‘r!”) ta’lim loyihasi doirasida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kuzatish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda pedagogika fanlari doktori, dotsent, RUQ professori Olga Yevgenyevna Sergeyevani o'z yurtiga kuzatildi.
✔️Uch oy davom etgan loyiha doirasida zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish, pedagogik mahoratni oshirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.
⌛Tadbir yakunida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov jamoa nomidan loyiha ishtirokchilariga va mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, kuzatuv natijalari bo‘yicha faol ishtirok uchun Olga Yevgenyevna Sergeyevaga esdalik sovg‘alarini topshirdi.