“Klass!” (“Zo‘r!”) ta’lim loyihasi doirasida tuman miqyosida seminar tashkil etildi

15 Dekabr, 2025 16

“Klass!” (“Zo‘r!”) ta’lim loyihasi doirasida pedagogika fanlari doktori, dotsent, RUQ professori Olga Yevgenyevna Sergeyeva, shuningdek Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari I. Raimkulova va M. Yakubjanovalar tomonidan tuman miqyosida seminar tashkil etildi.

✔️Seminar davomida “Цифровые ресурсы в преподавании РКИ” hamda “Формирование читательской грамотности” mavzulari muhokama qilindi.

✔️Raqamli texnologiyalar rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interaktiv tashkil etish imkonini bermoqda. Raqamli resurslar — kompyuter, internet, mobil ilovalar va boshqa elektron vositalar yordamida taqdim etiladigan o‘quv materiallari, metodlar va platformalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu resurslardan foydalanishning asosiy maqsadi o‘quv jarayonini zamonaviy va interaktiv qilish, o‘quvchilarning mustaqil va samarali bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda masofaviy ta’limni rivojlantirishdan iboratdir.

Raqamli resurslar asosida rus tilini chet tili sifatida o‘qitish o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham qulay va samarali shaklda egallash imkonini beradi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yangi metod va yondashuvlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar. Tadbir tinglovchilar o‘rtasida faol fikr almashuv, savol-javoblar hamda bahs-munozaralar bilan boy va mazmunli tarzda o‘tdi.

Powered by GSpeech