“Klass!” (“Zoʻr!”) xalqaro loyihasi doirasida rossiyalik mutaxassis ishtirokida tadbirlar oʻtkazildi

12 Dekabr, 2025 18

“Klass!” (“Zoʻr!”) xalqaro loyihasi doirasida bir qator muhim tadbirlar tashkil etildi. Rossiyalik professor, pedagogika fanlari doktori, A.I. Gertsen nomidagi RGPU metodisti Olga Sergeyeva PМM katta oʻqituvchilari bilan birgalikda Tayloq tumani 21-maktabi, Samarqand tumani 24-maktabi hamda Samarqand shahridagi 18 va 72-maktablarning rus tili oʻqituvchilari oʻtkazgan ochiq darslarga tashrif buyurib, ular boʻyicha tahlil oʻtkazdi.

Professor Sergeyeva maktab oʻquvchilari uchun “Aql kuchi” rus tili olimpiada harakati haqida ma’lumot berish va tushuntirish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida turli davlatlardan kelgan oʻquvchi va talabalar ishtirok etgan rus tili olimpiadalariga oid slaydlar hamda videolavhalar namoyish etildi. Shuningdek, avvalgi yillardagi olimpiada topshiriqlaridan namunalar taqdim qilindi. Mahorat darsining maqsadi — bitiruvchilarga kelajakda oʻqishga kirish uchun oliy yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasasini ongli ravishda tanlashda koʻmak berishdan iborat.

Ushbu tadbirlar Oʻzbekistonda taʼlim tizimi sifatini oshirish va uni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech