“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

6 Dekabr, 2025 6

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamda Pastdarg‘om tumani 68-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni maktab v.v.b. direktori X.Ostanov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimizning muqaddas kitobi ekanligini ta’kidladi. U yig‘ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda hududiy markaz kafedra mudiri D.Soyipova soʻzga chiqib, har bir fuqaro o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi zarurligini qayd etar ekan, muhtaram yurtboshimizning “Xalqimiz islohotlar samarasini ertaga emas, balki bugun o‘z hayotida his etishi lozim” degan fikrlarini eslab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatimizda olib borilayotgan amaliy siyosat inson manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda izchil davom etmoqda.

Shuningdek maktab oʻquvchilariga mahorat darslari tashkil etildi. Oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatildi.

Powered by GSpeech