Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

5 Dekabr, 2025 26

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot-resurs markazi va Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yillik bayramiga bag‘ishlangan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, uning asosiy tamoyillari va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar davlat ramzlariga hurmat, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, tadbirda Konstitutsiya kunining ahamiyati, undagi islohotlar va bugungi kunda amalga oshirilayotgan huquqiy yangilanishlar xususida ta’kidlab o‘tildi. Ma’ruzalar, chiqishlar va qisqa ma’rifiy suhbatlar orqali qatnashchilarda huquqiy bilim va dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladigan ma’lumotlar berildi.

Tadbir yuqori ruhda, bayramona muhitda o‘tkazildi va ishtirokchilarda yurt taqdiri, milliy qadriyatlar va Konstitutsiyaga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

    Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech