Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va shaffoflik yo‘lida muhim qadam

6 Yanvar, 2026 36

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
☀️ Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqib, ta’lim sohasida halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb vazifalari hamda bu borada jamoaning mas’uliyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u markaz xodimlaridan ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etish va yuksak mas’uliyat bilan ish olib borish talab etilishini ta’kidladi.
✔️ Shundan so‘ng markazning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uli X. Bekmirzayev hamda markaz huquqshunosi I. Doniyorov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida ma’ruzalar qilindi. Unda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, huquqiy asoslar hamda ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlashga doir muhim jihatlar yoritib berildi.
⌛️ Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning amaliy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

🎤 Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

Powered by GSpeech