Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining faollar zalida “Noyabr oyi – Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida ta’lim sohasida halollik va shaffoflik prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarb vazifalari hamda jamoa mas’uliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u markaz xodimlaridan ushbu yo‘nalishda faol ishtirok va yuksak mas’uliyatlilikni talab etilishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng markazning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uli X. Bekmirzayev tomonidan “Noyabr oyi – Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” mavzusida ma’ruza qilindi. Unda korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, huquqiy asoslar va ta’lim tizimidagi shaffoflikni ta’minlashga doir muhim jihatlar yoritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mavzuga oid savollar bilan murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning amaliy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdi.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: