KORRUPSIYA TARAQQIYOTGA TAHDIDDIR

3 Sentyabr, 2025 48

Ta’kidlash joizki, 2017-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunida korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi ekanligi belgilangan.
❇️Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida "Korrupsiya taraqqiyotga tahdid" mavzusida Hududiy markaz tinglovchilari bilan davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbatida davlat organlari faoliyatida qonuniylikni taʼminlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri – korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borish haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech