LOYIHA ISHLARI VA MIKRODARSLAR — AMALIY MAHORAT NAMUNASI

25 Sentyabr, 2026 7

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar tomonidan loyiha ishlari va mikrodarslar taqdimotlari tashkil etildi.

 Taqdimotlar davomida tinglovchilar o‘z loyihalari, ilg‘or pedagogik yondashuvlari hamda dars jarayonida qo‘llayotgan zamonaviy metodlarini namoyish etdilar.
Tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov ishtirok etib, tinglovchilarning loyiha ishlari va mikrodarslari bilan tanishdi.

 Bunday amaliy mashg‘ulotlar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tajriba almashish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech