Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida iyun oyi malaka oshirish kurslarining yakuniy bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Tinglovchilar o‘zlarining loyiha ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, mikrodars taqdimotlari orqali zamonaviy ta’lim metodlari va innovatsion yondashuvlar asosida darslarni samarali tashkil etish bo‘yicha mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Jarayonlar Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktorining o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov tomonidan nazorat qilinib, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini baholash va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📸 Mazkur jarayondan fotolavhalar.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: