Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Mahoratli pedagog maktabi” loyihasi doirasida mahorat darslari davom etmoqda.
Navbatdagi mashg‘ulot boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida markaz dotsenti D.T. Rabbonayeva hamda oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi D.D. Abdullayeva hamkorligida “Matematika darslarida mantiqiy topshiriqlarni kichik guruhlarda ishlash orqali tushuntirish” mavzusida tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida zamonaviy interfaol metodlar, axborot texnologiyalari hamda qo‘lda tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanildi. Mashg‘ulot pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: