Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi faollar zalida malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, tinglovchilarning o‘qish jarayonidagi faolligi va erishgan natijalarini alohida e’tirof etdi.
Kurs davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim usullari, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirdilar.
Noyabr oyida tashkil etilgan kurs yakunida tayyorlangan loyiha ishlari orasidan “Eng yaxshi loyiha ishi taqdimoti” nominatsiyasi g‘oliblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Kelajak o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida barcha tinglovchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning professional rivojlanishiga doimiy ko‘mak berilishi ta’kidlandi.
Bayramona ruhda o‘tgan marosimda musiqa guruhi tinglovchilari tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: