Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori A.Sobirov raisligida viloyatdagi ta'lim sifati past bo'lgan maktablarga biriktirilgan ma'sullar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda maktablarda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarga metodik yordam berish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.
Maktablardagi o'quv jarayonlarini kuzatib, darslarni tahlil qilib, muhokama jarayonida har bir o'qituvchiga kerakli metodik yordam va tavsiyalarni berish lozimligi ta'kidlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: