Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda markaz direktori o‘rinbosari Jasur Abdurahmonov kurs davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdi.
Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlari davomida yaratilgan loyiha ishlari orasida “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI” nominatsiyasi g‘oliblari hamda “KELAJAK O‘QITUVCHISI” tanlovida yuqori natijalarni qayd etgan faol o‘qituvchilar ham munosib taqdirlandilar.
Mazkur kurs tinglovchilarga tajriba almashish, amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish hamda o‘z professional salohiyatini yanada oshirish imkonini berdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: