Avval xabar berilganidek, 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 9–11-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida master-trenerlar uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i asosida mentor-o‘qituvchilarni xalqaro dasturlar asosida tayyorlash vazifasi belgilangan.
Bugun, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari fanlar kesimida joriy yil 25-sentabrga qadar davom etadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: