MENTOR-O'QITUVCHILAR UCHUN QISQA MUDDATLI O'QUV KURSLARI YAKUNLANDI

25 Sentyabr, 2025 53

Avval xabar berilganidek, 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 9–11-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida master-trenerlar uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i asosida mentor-o‘qituvchilarni xalqaro dasturlar asosida tayyorlash vazifasi belgilangan.

Bugun, Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 17–25-sentabr kunlari 11ta fanlar yo'nalishlarida tashkil etilgan qisqa muddatli o'quv kurslarida o'qigan mentor-o'qituvchilarga sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech