MENTOR-O‘QITUVCHILIKKA NOMZODLAR BILAN SUHBAT O‘TKAZILMOQDA

4 Avgust, 2025 52

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirininig 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari 11 ta fan yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yil 1-oktabrdan davom ettirilishi belgilangan. Ushbu buyruqda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari uchun fan yo‘nalishlari kesimida mentor-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish belgilangan.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida 470 nafar mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar bilan "Mentor-oʻqituvchilikka nomzodlarni saralash mezonlari" asosida suhbat o‘tkazilmoqda.
Tadbirning ochilishida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov, viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori A.Sobirov ishtirok etib, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to'xtalib o'tdi.

Powered by GSpeech