“METODIK MAHORAT KUNI” VA “METODIK MAHORAT SOATI”: MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

23 Sentyabr, 2026 7

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 2026-yil 23–25-sentabr kunlari “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari doirasida o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi.

👥 Unda viloyatdagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 35 nafar direktor o‘rinbosari ishtirok etmoqda.



🎙 O‘quv-seminarni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

🎓 Shuningdek, Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Roziq Fayziyev ma’ruza qilib, “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati”ni mazmunli va samarali tashkil etish, pedagoglarning metodik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar haqida fikr bildirdi.

📖 Seminar davomida ishtirokchilarga mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, tarbiyachilarning kasbiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim usullarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.



🔹 Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, pedagoglarning o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📅 Rejaga muvofiq, 2026-yil 6-oktabrdan boshlab viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” hamda “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilgan.



📌 2026–2027-o‘quv yili davomida mazkur yo‘nalishda 14 ta mavzu bo‘yicha metodik mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech