"METODIK MAHORAT KUNI" VA "METODIK MAHORAT SOATI" TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO'YICHA SEMINAR-TRENINGGA START BERILDI

17 Sentyabr, 2025 47

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglar malakasini oshirish va innovatsion tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha navbatdagi bosqich boshlandi.

Tadbirda Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov kirish so'zida, ustozning erishgan yutug'i ular tarbiyalagan yosh avlodning yuksak kamolotida hamda oʻz kasbiga boʻlgan fidoyiligida ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 17–19-sentabr kunlari
3 kunlik o‘quv seminar-trening o‘tkazilmoqda.

▪️Seminar yakunida pedagoglar:
➡️mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion metodlar asosida tashkil qilish;
➡️STEAM texnologiyasi va interfaol o‘yinlarni darslarga tatbiq etish;
➡️NEL Framework dasturi asosida mashg‘ulotlar tuzish, kuzatuv va baholash usullaridan foydalanish;
➡️bolalarning mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Bu esa o‘z navbatida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion qilishga xizmat qiladi.

👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech