Samyayev Anvar Kadirovich “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan taʼlim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib, pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifatini yuksaltirish va metodik xizmatni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi xodimlar eʼtirof etilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri Samyayev Anvar Kadirovich “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak eʼtirof Anvar Kadirovichning taʼlim rivoji yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati, fidoyiligi va kasbiy faoliyatiga berilgan munosib bahodir.
Sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: